Bitiruvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan “Yoshlarning kasbiy
rejalari va chet elda ishlashga tayyorligi” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Ushbu so‘rovnoma orqali bitiruvchilarning hozirgi holati, kelajakdagi kasbiy rejalari hamda xorijda o‘qish yoki ishlashga bo‘lgan tayyorgarligi yuzasidan ma’lumotlar to‘planadi. Olingan
natijalar asosida yoshlarga mos ta’lim va kasb-hunarga oid dasturlarni
shakllantirish rejalashtirilmoqda.
So‘rovnoma ishtirokchilarning shaxsiy
ma’lumotlari to‘liq maxfiylikda saqlangan holda amalga oshiriladi.
Hurmatli bitiruvchi! Sizni quyidagi
havola orqali so‘rovnomada faol ishtirok etishga taklif qilamiz. Iltimos,
barcha savollarga to‘liq va samimiy javob bering.