“Biz OITSGA qarshimiz”
1-dekabr — OITS
kasalligiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida “Biz OITSGA qarshimiz” shiori ostida
profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarda universitet psixologi M. Obidova, universitet shifokori
J. Begiyev, hamshira D. Muhamedova, tyutorlar D. Islamxadjayeva, S. Nasirova,
G. Yernazarova hamda “Arxitektura” va “Qurilish” fakultetlarining 1–2-kurs
talabalari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalar o‘rtasida “OITS kasalligining kelib chiqishi,
tarixi, yuqish yo‘llari va himoyalanish choralari” mavzusida davra suhbati
o‘tkazildi. Universitet shifokori J. Begiyev so‘zga chiqib, dunyo
miqyosida xavotir uyg‘otayotgan OITS (SPID) kasalligining kelib chiqish
sabablari, uning yuqish yo‘llari, oqibatlari hamda ushbu kasallikdan
himoyalanish vositalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
