"Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida talaba-yoshlar bilan prafilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 2-sonli Talabalar turar joyida "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida talaba-yoshlar bilan prafilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov talabalarga giyohvandlik vositalarining zararli oqibatlari, ularning yoshlar hayoti va kelajagiga yetkazishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlari haqida batafsil tushuntirdi. Shuningdek, turli axloqsiz xatti-harakatlarning oldini olish, yot gʻoyalarga berilmaslik va o‘zini ijtimoiy muhitda to‘g‘ri tutish bo‘yicha fikrlar bildirdi.

Shuningdek, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Kurbanova tomonidan bugungi kunda yoshlar orasida tarqalib borayotgan, giyohvandlik va axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etish, bu kabi illatlar domiga tushib qolishning yomon holatlari haqida ma’lumotlar berib oʻtildi.   

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ularga mutaxassislar tomonidan toʻliq javoblar olindi. Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda hushyorlik va ogohlikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.