Bugun – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori, hurmatli Tulaganov Bahrom Abdukabilovichning tavallud ayyomlari
Ushbu quvonchli sana munosabati bilan Sizni chin qalbimizdan tabriklaymiz! Universitetimiz professor-o‘qituvchilari, talabalar va barcha xodimlar nomidan Sizga mustahkam sog‘lik, tinimsiz kuch-g‘ayrat, ilmiy va tashkiliy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Sizning yetakchiligingizda universitetimiz xalqaro andozalarga mos ravishda taraqqiy etib, yangi yutuqlarga erishmoqda. Ta’lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz tahsinga loyiqdir. Yurtimiz taraqqiyotiga, soha rivojiga qo‘shayotgan bebaho hissangiz bardavom bo‘lsin!
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, hurmatli Bahrom Abdukabilovich!