Bugungi kunda aholi, ayniqsa ayollar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda
Xususan, Toshkent arxitektura-qurilish universitetida
ham erta tongdan ayol professor-oʻqituvchilar, tyutorlar hamda xodimlar
birgalikda badantarbiya mashgʻulotlarini oʻtkazishlari an'anaga aylangan. Universitet
Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Kurbanova hamda sport klubi rais
oʻrinbosari Gʻ.Yorqulov boshchiligida
universitet sport zalida turli mashqlarni bajarib, tani yayragan ayollar
jamoasi kun davomida ham bardam boʻlib yuradilar. Shu nuqtayi nazardan bunday
mashgʻulotlarning muntazam oʻtkazib borilishi juda muhim.