"Buni barcha bilishi shart" rukni ostida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakultetida "Buni barcha bilishi shart" rukni ostida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda Toshkent shahar OITS markazi mutaxassisi A.Baxromov, Menejment fakulteti dekan muovini U.Inayatov, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirni Talabalar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati boʻyicha dekan muovini U.Inayatov ochib berdi.

OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassi A.Baxromov ishtirokida o‘tgan tadbirda talabalarga kasallik va uning belgilari, yuqish va kechish jarayonlari, shuningdek, OITS va OIV profilaktikasi borasida kerakli ma’lumot va tavsiyalar berildi.  Tadbir davomida talabalar yuzaga kelgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.