Chempion bilan uchrashuv
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida Ogʻir atletika sport turi boʻyicha jahon
hamda olimpiyada chempioni Ruslan Nuriddinov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov, Muhandislik
fakulteti "Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi"
kafedrasi dots Sh.Komilov, N.Bobokulova, professor-oʻqituvchilar hamda
talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo'lib, qizig'in
savol javoblar tadbirni yanada ko'tarinki kayfiyatga olib chiqdi. Tadbir davomida Ruslan Nuriddinov universitetimizda
tahsil olayotgan sport sohasida ham yutuqlarga erishib kelayotgan talabalarga
omad tiladi va o'z tavsiyalarini berdi.