Chirchiq davlat pedagogika universitetida xalqaro yozgi maktablar bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi
Uchrashuvlar
davomida talabalarga xalqaro yozgi maktablarda ishtirok etish tartibi, xorijiy
oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ta’lim
dasturlari hamda xalqaro tajriba almashish imkoniyatlari haqida ma’lumot
berildi.
Shuningdek, talabalarning xalqaro akademik mobilligini kengaytirish, xorijiy
universitetlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va zamonaviy shaharsozlik hamda
muhandislik sohalaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish masalalariga alohida
e’tibor qaratildi.
Ishchi guruh a’zolari S. Mardov, U. Inoyatov va X. Xolov talabalar bilan
muloqot davomida ularning savollariga javob berib, xalqaro yozgi maktablarda
ishtirok etish va mavjud imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berdilar.
