“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Bir talabaga – bir loyiha” o‘quv akseleratsiya dasturi asosida amaliy seminar-trening o‘tkazildi
Prezidentimiz tashabbusi
bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakultetida “Bir talabaga – bir
loyiha” o‘quv akseleratsiya dasturi asosida amaliy seminar-trening o‘tkazildi.
“Bino va inshootlarning
zilzilabardoshliligi” mavzusidagi ushbu mashg‘ulot “Bino va inshootlar
qurilishi” kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Treningni kafedra mudiri Sh.X.
Baymatov hamda dotsent v.b. M.M. Qambarov olib bordilar.
Seminar-trening davomida talabalar:
- seysmik kuchlar va ularning sabablari;
- bu kuchlarning bino konstruksiyalariga ta’siri;
- zamonaviy aniqlash usullari;
konstruksiyalar ustida amaliy ishlash bo‘yicha chuqur bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Bunday mashg‘ulotlar:
- nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘laydi;
- real ishlab chiqarish jarayonlariga tayyorlaydi;
muammolarni tahlil qilish va texnik yechim topish ko‘nikmalarini
shakllantiradi.
Ilmiy-amaliy seminarlar yoshlarning kasbiy shakllanishida muhim o‘rin
egallab, ularni kelajakda malakali mutaxassis sifatida voyaga yetishlarida
muhim zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.