“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Pskom suv omborini loyihalash bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti Geomatika muhandisligi yo‘nalishi 62-23-guruh talabasi Ochilov Bexruz tomonidan ilmiy-taqdimot tashkil etildi. Taqdimotga Gidrotexnika va geotexnika kafedrasi mudiri Toshxojayev Alisher Ulxojayevich ilmiy rahbarlik qildi.

“Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Pskom suv omborini loyihalash” mavzusida hududning tabiiy-geografik xususiyatlari, suv resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari hamda suv ombori qurilishi jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan muhandislik yechimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalar gidroelektrostansiyalarning ishlash prinsiplari, aholini suv va toza energiya bilan ta’minlash imkoniyatlari haqida yangi bilimlarga ega bo‘ldilar. Muhokamalar davomida suv resurslarini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati ham alohida ta’kidlandi.

Mazkur tashabbus yoshlarning muhandislik ko‘nikmalarini rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish va energetika sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, ularning amaliy tajribalarini boyitishga xizmat qilmoqda.