“Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sayohat tashkil qilindi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti talabalari
va tyutori birgalikda “Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sayohat tashkil
qilindi.
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli
tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida
"Vatan bo'ylab sayohat qil!" shiori ostida Shahrisabz shahriga
sayohat tashkil etildi.
Talabalar Shahrisabzning boy tarixi va madaniyati bilan tanishish
imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ular shaharning mashhur diqqatga sazovor joylarini,
jumladan Amir Temur muzeyini va Ko’k gumbaz masjidini ham ziyorat qilishdi.
Bu esa ularning bir-birlari bilan do'stlik aloqalarini o'rnatishga
va birgalikda mazmunli vaqt o'tkazishlariga yordam berdi.
Bu talabalar uchun nafaqat ko'ngilochar, balki ta'limiy ahamiyatga ega
sayohat bo'ldi.