“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Shahar muhitlari tahlili” topshirig‘i bo‘yicha muhokama o‘tkazildi

Prezident tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Shahar qurilishi va kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish yo‘nalishi 55-22-guruh talabalari Allamurodov Asadbek va Boronov Asilbek tomonidan, reja asosida belgilangan “Shahar muhitlari tahlili” topshirig‘i bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

Muhokama davomida shahar muhitining mavjud ahvoli, afzallik va kamchiliklari tahlil qilinib, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan holda, shahar infratuzilmasini rivojlantirish yo‘llarini muhokama qildilar.

Ushbu tashabbus talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda shaharsozlik jarayonlarida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan.