"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talaba-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Milliy libos" kuni boʻlib oʻtdi
Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun"
loyihasi doirasida talaba-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish
maqsadida "Milliy libos" kuni boʻlib oʻtdi.
Unda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Kurbanova
boshchiligida talaba-qizlar ishtirok etdilar.
Universitetda haftaning juma kuni milliy liboslar kuni sifatida
belgilangan boʻlib, ushbu kunda barcha talabalar milliy kiyimlarda boʻlishi
goʻzal an'anaga aylanib ulgurgan.