"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalarga chet tillarini mustaqil oʻrganish boʻyicha tushuncha va koʻnikmalar boʻlishildi
Prezident tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil
etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakulteti tyutori
Berdiyev Haqberdi talabalarga chet tillarini mustaqil oʻrganish
boʻyicha tushuncha va oʻzlarining koʻnikmalari bilan boʻlishdi.
Hozirgi davrda xorijiy tillarni o‘rganish va bilishning ahamiyati tobora
oshib bormoqda. Har bir soha vakili yetuk mutaxassis bo‘lishi uchun o‘z ona
tilidan tashqari, dunyo tillaridan kamida ikki-uchtasini bilishi shart.
Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor
yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan
oshirish hamda talabalarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini
oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.