“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida universitet talabalari uchun xalqaro hamkorlik asosida onlayn vebinar tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Xorijiy tillar kafedrasi
tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida universitet talabalari
uchun xalqaro hamkorlik asosida onlayn vebinar tashkil etildi.
Mazkur vebinarda Menejment fakultetining 44-24 va 47-24-guruhi
talabalari hamda “New Generation” jamoasi a’zolari faol ishtirok etdilar.
Tadbirda Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri —
Plekhanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti o‘qituvchisi Grigoryan
Armine Eduardovna ma’ruza qildi.
Ushbu vebinarda quyidagi mavzular bo‘yicha dolzarb va amaliy ma’ruzalar
taqdim etildi:
- “Raqamlashtirish davrida samarali bandlik strategiyalari”
- “Xalqaro kompaniyada suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish strategiyalari”
- Sessiyalar davomida talabalar ayniqsa amaliy mashg‘ulotlarda yuqori
faollik ko‘rsatib, mavzular yuzasidan fikr almashdilar.
Taqdim etilgan ma’ruzalar global mehnat bozoriga chiqishni maqsad qilgan
yoshlar uchun muhim nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oldi.