“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Qurilish muhandisligi” kafedrasining o‘quv kompyuter xonasida talabalarga mo‘ljallangan “Лира САПР 2022 dasturida ko‘p qavatli binolarni modellashtirish va hisoblash” mavzusida amaliy master-klass darslari o‘tkazildi. Mazkur mashg‘ulotlar kafedra katta o‘qituvchilari D.Q. Saydullayeva va A.A. Azimov tomonidan olib borildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini real loyihalar asosida amaliyotda sinab ko‘rishdi.

Ko‘p qavatli binolarning zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida konstruktiv modellari yaratildi va texnik hisobi bajarildi.

Mashg‘ulotlar talabalarning mustaqil fikrlashi, muammolarni tahlil qilish va texnik yechimlar ishlab chiqish ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.