"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi
Toshkent arxitektura qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun"
loyihasi doirasida yozgi sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida
tashkillashtirilgan sport oʻyinlarida talabalar sportning valeybol, tennis va
armlestling sport turlari boʻyicha bellashdilar.Ushbu tadbir talabalar jismoniy
faolliklarini oshirish bilan birgalikda, ijobiy kayfiyat olishlariga ham yordam
berdi.