E'lon
Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Turkiyaning Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar bo‘yicha boshqarmasi (YTB) hamda Sabancı universiteti hamkorligida “Yozgi tadqiqotlar stipendiyasi” dasturi e’lon qilingan. Mazkur dastur 2025-yil 7-iyuldan 28-avgustgacha (8 hafta) davom etadi. Dasturda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin. Arizalar 2025-yil 26-martdan 11-aprelga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi. Dastur haqida to‘liq ma’lumot: