E'lon
YUNESKOning xalqaro hamjihatlik ta’limi markazi
(APCEIU) tomonidan 2025-yil 16-20 iyun kunlari Koreya Respublikasining Seul va
Konvo shtatlarida o‘tkaziladigan 24-Xalqaro hamjihatlik va global fuqarolik
ta’limi mavzusidagi o‘quv mashg‘ulotiga tanlov e’lon qilingan. Ushbu tanlov
global fuqarolik ta’limi orqali o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish, ularni
tinchlik madaniyati ruhida tarbiyalashni maqsad qilgangan bo‘lib, ushbu
tanlovda 3 yildan ortiq ish tajribasiga ega malakali o‘qituvchilar ishtirok etishlari
mumkin.
Nomzodlar quyidagi havoladagi onlayn kursni
tugatishlari lozim:
https://www.gcedonlinecampus.org/course/view.php?id=172#section-0.
Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan
nomzodlarning anketalari (tegishli ma’lumotlar ilova qilinadi) 2024-yilning
20-aprel kuniga qadar quyidagi havola orqali ingliz yoki fransuz tilida
to‘ldirilib, Vazirlikning Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasiga
yuborilishi lozim:
https://forms.gle/gbfbem5pJUmqLatS8
O‘z navbatida, Vazirlikka kelib tushgan anketalar so‘nggi qaror qabul qilish uchun YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasiga yuboriladi.