E'lon

E'lon

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon Uyg‘ur Avtonom Rayoni oliy ta’lim muassasalarida (ro‘yxati keltirilgan) grant asosida magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun jami 20 ta o‘rin ajratilmoqda.

Ma’lumot uchun: Xitoyda magistraturada o‘qish -3 (uch) yil va doktoranturada - 3 (uch) yil etib belgilangan. O‘qish xitoy tilida olib borilganligi sababli tavsiya etilgan nomzodlardan xitoy tilini talab darajada bilish majburiy hisoblanadi. Shuning uchun, yuqorida grantga qo‘shimcha ravishda 1 (bir) yil davomida xitoy tilini tayyorlov kursda o‘rganish ham kiritilgan. Ushbu grant doirasida o‘qish uchun belgilangan to‘lov, stipendiya, yotoqxonada yashash hamda tibbiy sug‘urta xarajatlari Xitoy tomonidan qoplab beriladi. Aviachipta xarajatlari tavsiya etilgan nomzodlar hisobidan qoplanadi. Ilovada keltirilgan ma’lumotlarni batafsil o‘rganib chiqishingizni so‘raymiz. Ma’lumotlarni, ilovada keltirilgan shakl asosida to‘liq to‘ldirib, xorijga chiqish uchun pasport (pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat), ma’lumotnoma (spravka ob’ektivka) va tegishliligicha bakalavr yoki magistratura diplomining nusxalari oliy ta’lim tashkiloti xati bilan birga (ingliz tiliga tarjima qilingan holda) joriy yilning 20- MAYIDAN kechiktirmagan holda Xalqaro aloqalar bo‘limiga topshirishingizni so‘raymiz.

(hujjatlarning tarjimasi prorektor tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kifoya)