ʻʻEng faol yil talabasi” tanlovi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va
o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ʻʻEng faol yil talabasi”
tanlovini eʼlon qiladi.
📌Tanlovda Toshkent arxitektura-qurilish universitetda
uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-,
4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda
ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok
etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
📌Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar
aniqlanadi:
- Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
- Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
- Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
- Yilning eng faol sportchi talabasi;
- Yilning eng faol iqtidorli talabasi
- Yilning eng faol ijodkor talabasi;
- Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
📌Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM
bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining
faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4
barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
📌Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida
tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining
1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul
mukofoti bilan taqdirlanadi.
📌 Nizomi
📌Hujjatlar Universitetning Iqtidorli talabalar va
bitiruvchilar bilan ishlash bosh bino 307-xonada masʼullari tomonidan qabul
qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.
📝Hujjatlarni qabul qilish muddati 14-noyabrgacha.
TAQU Yoshlar ittifoqi