“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi

“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi
“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi
“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi
“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi
“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi
“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi
“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi

“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi doirasida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan fotoalbomlar mazmun-mohiyati, mavzuni yoritish darajasi, ijodiy yondashuv, fotosuratlarning sifati va o‘ziga xosligi, kompozitsion yechim hamda tanlov talablariga muvofiqligi kabi mezonlar asosida ko‘rib chiqildi.
Belgilangan hakamlar hayati qaroriga koʻra universitetning quyidagi talabalari gʻolib deb topildi (hakamlar hayati bayonnomasi ilova qilinadi).
1-oʻrin – Arxitektura fakulteti talabasi – Safaraliyev Ozod
2-oʻrin – Arxitektura fakulteti talabasi – Abdushukurov Abduvohob
3-oʻrin – Muhandislik fakulteti talabasi – Komilov Asad
“Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovida esa ishtirokchilarning ijrochilik mahorati, ovoz imkoniyatlari, sahna madaniyati, qo‘shiqni ijro etish sifati, repertuarning mazmuni, badiiy va ijodiy yondashuvi hamda tomoshabinlarga ta’sirchan yetkazib berish darajasiga alohida e’tibor qaratildi.
Berilgan e’lon asosida mazkur tanlovlar 2026-yil 28-sentyabr kuni “Eng yaxshi qoʻshiq” tanlovi belgilangan tartibda, yuqori saviyada va tashkiliy jihatdan puxta tashkil etilib, o‘tkazildi. Tanlov jarayonida ishtirokchilarning teng huquqli ishtiroki ta’minlanib, ularning ijodiy ishlari va chiqishlarini xolis baholash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Belgilangan hakamlar hayati qaroriga koʻra “Eng yaxshi qoʻshiq” tanlovida quyidagi talabalari gʻolib deb topildi (hakamlar hayati bayonnomasi ilova qilinadi).
1-oʻrin – Arxitektura fakulteti talabasi – Qoʻyliyev Sardor
2-oʻrin – Qurilish fakulteti talabasi – Ulugʻbekov Otabek
3-oʻrin – Muhandislik fakulteti talabasi – Abduqosimova Munira
Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning natijalari umumlashtirilib, tasdiqlangan baholash mezonlari asosida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Tanlov natijalari koʻra gʻolib boʻlgan talabalar diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.