“Giyohvandlik moddalari, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi va diniy ekstremistik oqim g‘oyalari ta’siriga tushib qolish holatlarini oldini olish” bo‘yicha davra suhbati boʻlib oʻtdi
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetining Menejment va Arxitektura fakulteti
talabalari o‘rtasida “Giyohvandlik moddalari, psixotrop dori vositalarining
noqonuniy muomalasi va diniy ekstremistik oqim g‘oyalari ta’siriga tushib
qolish holatlarini oldini olish” bo‘yicha davra suhbati boʻlib
oʻtdi.
Unda O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari, podpolkovnik
M.R.Ma’murov, podpolkovnik E.E.Yusupovich, Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB
HPB profilaktika katta inspektori mayor A.K.Shodiyev, prorektor S.Mardov,
Menejment va Arxitektura fakulteti talabalari ishtirok etdilar.
M.R.Ma’murov so‘zga
chiqib – hozirgi kunda, Mamalakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy
ko‘zlangan maqsadi, fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy
iqtisodiy salohiyatni yangi marralarga olib chiqish, aholi o‘rtasida jinoyat va
huquqbuzarliklarni oldini olishlik uchun, davlatimiz raxbari tomonidan qator
qaror va farmonlar qabul qilinayotganligi e’tiborga molik holat ekanligini,
huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur qaror va farmonga asosan,
aholi o‘rtasida huquqbuzarlik jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha qator ishlar
amalga oshirilayotganligini ma’lum qildi.
Uchrashuvda talaba
yoshlarga, “Diniy ekstremiz va terrorizmni oldini olish” bo‘yicha bir qator
tushunchalar berilganligini, ushbu jinoyat o‘ta og‘ir jinoyatlar turkumiga
kirishligini, mazkur jinoyatni sodir etganlarning ayanchli holatlari haqida
so‘z yuritilib, giyohvandlik va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha,
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi deportamenti tomonidan ishlab
chiqilgan videorolik namoyish etildi.
Shuningdek, yig‘ilish
davomida E.Yu.Ergashev va M.R.Ma’murovlar tomonidan talaba-yoshlarning
savollariga javoblar berilib, bu kabi jinoyat sodir etmasliklari, narkotik
moddalari bilan holat vujudga kelganda, huquqni muxofaza qiluvchi organlarga
tezkorlik bilan ma’lumot berishlari to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.
