Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar va qadrli yurtdoshlar! Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar va qadrli yurtdoshlar! Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar va qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Mustaqillik — bu xalqimizning erkin va farovon hayotga, ulkan orzu-intilishlariga yo‘l ochib bergan buyuk ne’matdir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, taraqqiyot sari qadamlar, yangi imkoniyatlar va yutuqlarimizning barchasi mustaqilligimiz sharofatidir.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasi ham ushbu jarayonlarning faol ishtirokchisi sifatida mamlakatimiz taraqqiyotiga, yosh avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarlar bilan qurollantirishga o‘z munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Aziz talabalar! Siz bizning kelajagimiz, ertangi bunyodkorlarimizsiz. Sizning bilimga intilishingiz, tashabbuskorligingiz va Vatanga sadoqatingiz mustaqilligimizni yanada mustahkamlaydi.

Ushbu ulug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga farovonlik va baxt tilayman. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz totuvligi doimiy bo‘lsin, O‘zbekistonimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!

Bayram muborak, aziz do‘stlar!

Hurmat bilan, Baxrom Tulaganov

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori