Hurmatli kasaba uyushmalari a’zolari!

Hurmatli kasaba uyushmalari a’zolari!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasi Siz, fidokorona mehnat qilayotgan kasaba uyushmalari faollarini 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklaydi!

Kasaba uyushmalari tizimi mamlakatimizda mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, mehnat jamoalarida totuvlik va birdamlik muhitini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Sizlarning fidoyilikingiz, tashabbuskorligingiz hamda universitetimiz jamoasi manfaatlarini himoya etish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt, oilaviy farovonlik va ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan, Baxrom Tulaganov

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori.