Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talaba-yoshlar va universitetimiz jamoasi!
Sizlarni 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
33-yilligi munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Konstitutsiyamiz — mamlakatimiz taraqqiyoti, demokratik qadriyatlar,
fuqarolik erkinliklari va qonun ustuvorligining mustahkam poydevoridir. Asosiy
Qomusimiz har bir yurtdoshimizning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya
qiluvchi, jamiyatimizning ertangi kunini belgilab beruvchi muhim hujjatdir.
Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasi ham ushbu ulug‘
sana ruhidan ilhomlanib, yurtimiz rivoji yo‘lida fidokorona mehnat qilishda
davom etmoqda. Siz, aziz talaba-yoshlar, kelajak me’morlari va quruvchilari
sifatida yurtimizni yanada obod va zamonaviy qilishga xizmat qilasiz.
Professor-o‘qituvchilarimiz esa o‘z bilim va tajribasi bilan yangi avlodni
yetuk mutaxassislar qilib tarbiyalashda ulkan hissa qo‘shmoqda.
Konstitutsiya kuni barchamizga mamlakatimiz ravnaqi, tinchligi va
farovonligini asrash hamda mustahkamlash yo‘lida yanada mas’uliyatli bo‘lishni
eslatadi.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik, ilmiy va ijodiy
muvaffaqiyatlar tilayman. Bayram muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom
Tulaganov
