Hurmatli talabalar, professor-o‘qituvchilar va universitet xodimlari!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti halollik,
adolat va shaffoflik tamoyillariga sodiq holda korrupsiyaga qarshi kurashishda
qat’iy pozitsiyada turadi. Shu maqsadda universitetimizda “Komplayens nazorat”
tizimi joriy etilgan bo‘lib, u ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
manfaatlar to‘qnashuvi, tamagirlik, poraxo‘rlik, vositachilik, firibgarlik,
tanish-bilishchilik, mahalliychilik kabi korrupsion holatlarning oldini olish
va ularning oldini olish uchun samarali choralar ko‘rishga xizmat qiladi.
Universitet jamoasi barchani korrupsiyaga qarshi
kurashda faol ishtirok etishga chaqiradi!
Agar siz
Imtihon va nazorat ishlari davomida noqonuniy
holatlarga duch kelsangiz;
Bitiruv malakaviy ishi yoki boshqa akademik
jarayonlarda noqonuniy talablar qo‘yilayotganini sezsangiz;
Ta’lim jarayonida adolatsizlik yoki shaffoflik
buzilishining guvohi bo‘lsangiz,
bu haqida darhol xabar berishingizni so‘raymiz.
Sizning murojaatingiz qat’iy maxfiylik asosida ko‘rib
chiqiladi hamda har bir holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Murojaat uchun ishonch kanallari:
https://t.me/taqu_corruption_bot
Telegram manzili: Havola
(https://t.me/+BdbC_xxB_k9jMzZi)
Elektron pochta: m.iskdjanov@taqu.uz
Ishonch telefoni: +998 55 508 03 14
Unutmang! Adolatli va shaffof ta’lim muhitini yaratish har birimizning burchimizdir. Birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashib, halol va pok kelajak sari intilaylik!