“Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va
o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 27-28-noyabr kunlari
“Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi
final bosqichining yakuniy 2-sharti bo‘lib o‘tdi. Unda saralangan 50 nafar
ishtirokchi o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar.
Nomzodlarni baholashda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini
izchil tushuntira olishi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy ishlari va shaxsiy
tashabbuslari, shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri va asosli javob berishi
asosiy mezon bo‘ldi.
Har bir nominatsiya bo‘yicha taqdimotlar yakunlanishi bilanoq Hakamlar
hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda g‘oliblar e‘lon qilindi (g‘oliblar
ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan). Final bosqichida qatnashgan barcha
ishtirokchilariga Vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi.
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan
I, II va III darajali diplom hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining
45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi
