“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”

“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”
“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”
“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”
“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”
“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”

8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasi Toshkent filialida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Arxitektura fakulteti tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Arxitektura fakulteti Talabalar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Y. Gʻ. Mamasharipov, fakultet “Xotin-qizlar masalalari” boʻyicha dekan maslahatchisi D. Axmadjanovna, tyutorlar va fakultet talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talabalar koʻtarinki ruhda milliy kuy-qoʻshiqlar, aytishuvlar va raqslar bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, tyutorlar va talabalar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘zgarishlari hamda moddalari yuzasidan maʼlumotlar taqdim etdilar.

Mehribonlik uyi rahbari D. S. Sultanova soʻzga chiqib, ushbu tadbirni tashkil etishda faol ishtirok etgan universitet rahbariyati, fakultet tyutorlari va talabalarga Mehribonlik uyi rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirdi va ularni tashakkurnomalar bilan taqdirladi.