“Korrupsiya – kelajakga tahdid” mavzusida davra suhbati
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakultetida
Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi
boshlig‘i M.Isakdjanov tomonidan talabalar bilan “Korrupsiya – kelajakga
tahdid” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning
ta’lim tizimidagi oqibatlari va har bir yoshning halol va mas’uliyatli bo‘lishi
muhimligi ta’kidlab o‘tildi. Ta’kidlanishicha, korrupsiya nafaqat shaxsiy
rivojlanishga, balki kelajakdagi kasbiy obro‘ va ishonchga ham jiddiy xavf
soladi.
Ayniqsa, bo‘lajak arxitektorlar uchun halollik, adolat va mas’uliyat —
har bir loyihaning poydevori hisoblanadi. Agar bu tamoyillar buzilsa, qurilgan
inshoot emas, ishonch yemiriladi.
Shu munosabat bilan u talabalarni bilimli, faol va halol bo‘lishga,
hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lishga
chaqirdi.
Har bir talaba o‘z halolligi va adolatli faoliyati bilan korrupsiyasiz
universitet muhitini yaratishga hissa qo‘shishi lozim!
Shu bilan birga tadbir, ishtirokchilariga universitetda faoliyat
yuritayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens-nazorat"
tizimini boshqarish boʻlim toʻgʻrisida hamda korrupsiya va manfaatlar
toʻqnashuviga oid ma'lumotlarni xabar berish tartibi boʻyicha aloqa kanallari
batafsil tushtirib oʻtildi.
Murojaat uchun ishonch kanallari:
📌 https://t.me/taqu_corruption_bot
🔗 Telegram manzili: Havola
📧 Elektron pochta: m.iskdjanov@taqu.uz
📞 Ishonch telefoni: +998 55 508 03 14
Unutmang! Adolatli va shaffof ta’lim muhitini yaratish har birimizning
burchimizdir. Birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashib, halol va pok kelajak
sari intilaylik!
