“Korrupsiya - kelajakka tahdid”
Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat”
tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Menedjment fakulteti tyutorlari bilan
hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi
PF–71-son Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida
talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan targ‘ibot va profilaktik
tadbirlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar Menedjment fakulteti tyutorlari tomonidan bevosita
tashkillashtirilib, ular talabalar bilan ochiq va samimiy muloqotlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, halollik
va adolat tamoyillarining ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarning
huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalariga alohida
e’tibor qaratildi.
Tadbirlar doirasida talabalar ishtirokida korrupsiyaga qarshi mazmundagi
ko‘rgazmali materiallar va plakatlar tayyorlandi. Ushbu jarayonda tyutorlar
yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga
munosib hissa qo‘shmoqda.
Mazkur tadbirlar “Korrupsiya - kelajakka tahdid” g‘oyasi asosida yoshlar
qalbida halollik, adolat va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat
qilmoqda.
