“Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori Salomat Niyozova hamda yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Otabek Toshev ishtirok etib, talabalarga korrupsiyaning ijtimoiy xavfliligi, maishiy korrupsiya holatlarining salbiy oqibatlari va huquqiy javobgarlik masalalari yuzasidan atroflicha tushuncha berdilar.

Ma’ruzachilar ta’kidladilar, arxitektura va qurilish sohasi mutaxassislari kelgusida katta javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Shu sababli, universitet talabalari halollik, vijdon va mas’uliyat tamoyillariga amal qilgan holda, bilim va mehnati orqali muvaffaqiyatga erishishlari lozimligini alohida qayd etdilar.

Shuningdek, ishtirokchilar yoshlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lishga, qonunga hurmat bilan yondashishga hamda o‘z kelajaklarini faqat halol yo‘l bilan barpo etishga da’vat etdilar.

Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.