Korrupsiyaga qarshi kurash – umumiy mas’uliyat

Korrupsiyaga qarshi kurash – umumiy mas’uliyat
Korrupsiyaga qarshi kurash – umumiy mas’uliyat
Korrupsiyaga qarshi kurash – umumiy mas’uliyat

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar ishtirokida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov hamda universitet profilaktika katta inspektori, mayor A. Shodiyev ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari, shuningdek halol hayot tarzini qaror toptirish va akademik halollik tamoyillariga rioya etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, talabalar tomonidan bildirilgan savollarga mutasaddi mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi. Uchrashuv talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qildi.