“Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati”

“Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati”
“Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati”
“Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati”

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Menejment fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, akademik halollik tamoyillariga rioya etish, shaffoflikni ta’minlash hamda professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi va muhokamalar olib borildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, belgilangan talab va tartiblarga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.