“Korruptsiya tushunchasi va uning oqibatlari” mavzusida seminar tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari uchun universitetning “Korruptsiyaga qarshi kurashish — komplaens nazorat tizimini boshqarish” bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan “Korruptsiya tushunchasi va uning oqibatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga korruptsiyaning asosiy ko‘rinishlari, uning ta’lim jarayoni hamda tashkilot rivojiga yetkazishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, korruptsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish va samarali profilaktika mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tushunchalar yoritildi.

Seminar davomida tinglovchilarga amaliy misollar, huquqiy asoslar hamda komplaens nazorat tizimining ahamiyati bo‘yicha foydali tavsiyalar taqdim etildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.