Mehmonlar “BYD Uzbekistan” va “ADM Jizzakh” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
Hayʼat
yigʻilishi aʼzolari ushbu korxonalarida boʻlib, ularda dual ta’lim tizimi
asosida yo‘lga qo‘yilgan o‘quv jarayonini ko‘zdan kechirdilar. Bugungi kunda “BYD Uzbekistan Factory” yiliga 50 ming
dona elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona Jizzax politexnika
instituti bilan imzolangan hamkorlik memorandumi asosida malakali mutaxassislar
tayyorlashni boshlab yuborgan. Dual ta’lim tizimi doirasida talabalar ishlab
chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishib, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tash
imkoniyatiga ega boʻldilar. Bundan tashqari, hamkorlik doirasida avtomobil qismlarini
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish, elektromobillarni
mahalliy iqlim va yoʻl sharoitiga moslashtirish uchun muhandis va malakali
texnik mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab
chiqarishga joriy etish, amaliyotga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarga eʼtibor
qaratish hamda ilmiy-amaliy loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish
boʻyicha ishlar olib borildi.