“Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi tashkil etildi
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Men
giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovning asosiy maqsadi - yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb
etish, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda giyohvandlik kabi
salbiy illatlarga nisbatan qat’iy immunitetni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Tanlovning tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi talabalar g‘olib
deb topildi:
1-o‘rin: 13-25 Ar guruh talabasi Dadaxanova Mubina Akmalxonovna;
2-o‘rin: 13-25 Ar guruh talabasi
Yuldosheva Shoista Zafar qizi;
3-o‘rin: 44-24 guruh talabasi
Axmadjonova Asalxon Akmaljon qizi.
G‘oliblar universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan
taqdirlandi.
Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlarini
keng tushuntirish, ularni zararli odatlardan asrash va ma’naviy barkamol
avlodni tarbiyalash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
