Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyati va milliy özlik ifodasi

    Toşkent arxitektura-quriliş universiteti hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi örni” mavzusida uçraşuv va davra suhbati taşkil etildi.

    Tadbirni universitetning Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektori S. Mardov kiriş sözi bilan oçib, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, ularni yoş avlod ongiga singdiriş hamda ma’naviy merosimizni kelajak avlodlarga yetkazişning dolzarb ahamiyatini ta’kidladi.

   Tadbirda Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, taniqli olima va jamoat arbobi Jamila Şermuhammedova iştirok etib, milliy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi örni, ularning yoşlar tarbiyasidagi ahamiyati hamda ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkaziş masalalari yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi.

    Uçraşuv davomida milliy urf-odat va an’analarimizni e’zozlaş, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalaş, yoşlar qalbida milliy ğurur va vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş, şuningdek, ularning bilim oliş va kasbiy rivojlanişga bölgan intilişlarini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

  Samimiy va mazmunli muloqot ruhida ötgan davra suhbatida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Tadbir yoşlar uçun milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini çuqurroq anglaş, hayotiy tajriba va bilimlardan saboq oliş hamda ma’naviy dunyoqaraşini boyitişda muhim ahamiyat kasb etdi.