“Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida seminar-trening
Hurmatli professor-o’qituvchilar,
tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar!
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida StrikePlagiarism tashkiloti
mutaxassislari ishtirokida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik”
mavzusida seminar-trening bo’lib o’tadi.
Sana: 2026-yil 19-oktabr (dushanba)
Vaqt: soat 11:00
Manzil: TAQU, Bosh bino, 502-xona
Seminar-treningda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
✅ ilmiy ishlarda mualliflik
huquqi va uni himoya qilish;
✅ plagiat turlari va undan
qanday saqlanish;
✅ manbalardan to’g’ri iqtibos
keltirish va havola berish qoidalari;
✅ StrikePlagiarism tizimida
matnlarni originallikka tekshirish amaliyoti;
✅ akademik halollik tamoyillari
va ilmiy etika.
Seminar-trening ilmiy maqola, dissertatsiya va bitiruv malakaviy ishlarini
tayyorlayotganlar uchun ayniqsa foydali bo’ladi.
Barchangizni
faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
