Muhandislik fakultetida “Halollik — insoniy fazilatlarning mezoni” mavzusida tarbiyaviy suhbat bo‘lib o‘tdi
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakultetida talabalarning
axloqiy-ma’naviy saviyasini oshirish, ularni halollik va adolat kabi yuksak
insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida “Halollik — insoniy
fazilatlarning mezoni” mavzusida tarbiyaviy suhbat tashkil etildi. Tadbir
davomida ishtirokchilar bilan halollik, adolat, birovning haqiga xiyonat
qilmaslik kabi axloqiy-ruhiy tamoyillar yuzasidan fikr almashildi. Suhbat
chog‘ida halol mehnat qilish, boshqalarning huquqlariga hurmat bilan
munosabatda bo‘lish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni
shakllantirishdagi shaxsiy mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar
o‘z qarashlarini ochiq ifoda etib, real hayotdan keltirilgan misollar asosida
mavzu yuzasidan faollik ko‘rsatishdi. Uchrashuv
yoshlarda axloqiy yetuklikni shakllantirish, ularni vijdonli va adolatli
fuqarolar etib tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.