Namangan muhandislik-texnologiya institutining Qurilish fakultetida “Arxitektura, qurilish va muhandislik sohalarida zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalari” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Namangan muhandislik-texnologiya institutining
Qurilish fakultetida “Arxitektura, qurilish va muhandislik sohalarida zamonaviy
qurilish materiallari va texnologiyalari” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti Arxitektura fakulteti dekani dotsent A.Xasanov ham o'z maruzasi
bilan ishtirok etib, qurilish sohasida zamonaviy yondashuvlar va innovatsion
texnologiyalarni joriy etish borasidagi fikr-mulohazalarini bildirdi. Konferensiya
doirasida ishtirokchilar qurilish materiallari va texnologiyalari sohasidagi
so‘nggi yutuqlar bilan tanishdilar, tajriba almashishdi hamda istiqboldagi
hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.