NEW GENERATION loyihasining ilk sayohati
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining ingliz
tilini mukammal biladigan iqtidorli talabalari “NEW GENERATION” loyihasi
doirasida Chimyon tog‘lariga ilk sayohatini amalga oshirdi. Mazkur loyiha
talabalar uchun nafaqat unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi, balki ularning
ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat
qildi. Sayohat davomida barcha ishtirokchilar faqat ingliz tilida muloqot
qilib, o‘z bilim va tajribalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bundan
tashqari Malayziyalik professor Dr. Ziad Baydoun ham talabalar bilan birgalikda
sayohatda qatnashdi va o'z tajribalarini
yoshlarga ulashdi. Professor va mutaxassislarning qimmatli tavsiyalari yosh
avlod vakillarining bilimlarini kengaytirib, ularga yangi ufqlarni ochdi. Ushbu
loyiha ta’lim va dam olishni uyg‘unlashtirib, talabalar uchun noyob o‘rganish
muhitini yaratdi. Ishtirokchilar cheksiz energiya, yangi bilimlar va yorqin
taassurotlar bilan boyib, bunday tashabbuslarning davom etishini intiqlik bilan
kutmoqdalar.