Ochiq dars haqida ma'lumot
2025-yil
18-mart kuni Toshkent noshirlik-matbaa texnikumida “O‘zbek tili va adabiyoti”
kafedrasi dotsenti Xalmamatova Lola Amankulovna tomonidan “Ta’limda innovatsion
texnologiyalar” fanidan “Interfaol ta’lim texnologiyalari” mavzusida ochiq dars
o‘tkazildi.
Ochiq darsda kafedra mudiri dots. N.A. Aripova, dots. A. Nasridinov hamda bir qator professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Dars interfaol usullarga asoslangan holda tashkil etilib, “Qarorlar shajarasi”, “Keys-stadi”, “Baliq skleti” kabi metodlar qo‘llanildi. Talabalar berilgan topshiriqlarni amaliy bajarib, faol ishtirok etdilar.
Dars yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, mavzuni o‘zlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.