“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida saqlanib qolayotgan korrupsiyaviy xavflar hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha Yo‘l xarita”

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida saqlanib qolayotgan korrupsiyaviy xavflar hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha Yo‘l xarita” doirasida universitetda moliya-xo‘jalik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xodimlar ishtirokida ogohlantiruvchi va profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlar universitetning moliya ishlari bo‘yicha prorektori I.G‘iyosov, universitet auditori M.Xamrayev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan tashkil etildi.

Tadbir davomida moliya-xo‘jalik faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, moliyaviy intizomga qat’iy rioya etish, shuningdek davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, bunday holatlarning oldini olish mexanizmlari yetkazildi hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qat’iy ogohlantirishlar berildi.