Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash
Oliy ta'lim, fan va innovatsiaylar vazirligining taklifiga asosan
2024/2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta'lim
grantlarini qayta taqsimlash hamda Kambag‘al oila reustriga kirgan oilalar
farzandlari uchun qo‘shimcha grantlar taqdim etish uchun talabgorlarni
ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini 2025-yil 10-avgustga qadar uzaytirishga ruxsat
berildi.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025-2026 o‘quv yilida
talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tanlovida ishtirok
etish uchun TAQU rasmiy veb sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 31-iyuldan
2025-yil 10-avgust (10-avgust kuni ham) 23:59 ga qadar qayta ishga tushirildi.
Ushbu platformada GPA ko‘rsatkichi 3.5 va undan yuqori bo‘lgan
(belgilangan toifadagi talabalar uchun GPA ko‘rsatkichi 3.3) talabalar tanlovda
ishtirok etishlari mumkin.
Bu xabar faqat TAQU 1-kurs magistr va bakalavr kunduzgi ta'lim
shaklidagi talabalarga tegishli.