Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida tahsil olayotgan izlanuvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektorining 2025-yil 16-iyundagi 3/37-sonli buyrug‘iga asosan, 2025-yil 30-iyundan 1-iyulgacha doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligi bo‘yicha yarim yillik ichki monitoring o‘tkaziladi.
Barcha izlanuvchilardan monitoringda faol ishtirok etishlari so‘raladi.
Monitoring o‘tkazish jadvali