Olmaliq shahri 2-son texnikumida seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 23-oktyabrdagi “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son Farmoni
ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 25-dekabr kuni Olmaliq shahri 2-son
texnikumida seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar Olmaliq
shahri 2-son va 3-son texnikumlari uchun “Ishlab chiqarish texnologiyasi va
qurilish” sohasi bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-metodik birlashmaning 6-son
yig‘ilishi doirasida o‘tkazildi.
Unda texnikumlarda ta’lim jarayonini yangilash, boshqaruv
samaradorligini oshirish hamda o‘quv-metodik faoliyatni takomillashtirish
masalalari muhokama qilindi.
Seminarda Olmaliq shahri 2-son texnikumi direktori, o‘quv-metodik
birlashma raisi Mirzakarimova Soxiba To‘laganovna, Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti
bosh mutaxassisi, birlashma kotibi Sidiqov Elyorxon Ergashxonovich, institut
bosh mutaxassisi Atajanova D.B., shuningdek, Toshkent arxitektura-qurilish
universitetining Akademik litsey va texnikumlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi
mutaxassisi Aliyeva Z.M. ishtirok etdi.
Tadbir davomida texnikumlarning yangilangan o‘quv dasturlari,
o‘quv-metodik ta’minoti hamda soha bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifati yuzasidan
taklif va tavsiyalar bildirildi. Seminar yakunida kelgusida amalga
oshiriladigan vazifalar va hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
