Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida davra suhbati

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining talabalari o‘rtasida “Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida davra suhbati  boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita mutaxassisi J.V.Meliqoʻziyev, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul boʻlgan rektor maslaxatchisi N.Nishonboyev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov, dekan muovinlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Jahongir Meliqoʻziyev soʻzga chiqib, yurtimizda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda barcha din vakillariga yaratilayotgan teng huquq va imkoniyatlar, vijdon erkinligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdilar.

Suhbat davomida talabalarga bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinchlik va totuvlik qadriyatlarini chuqur anglash, ularni hayotda keng targ‘ib etish zarurligi haqida tavsiyalar berildi. Shuningdek, diniy bag‘rikenglik jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashdagi muhim omil ekani ta’kidlandi.