O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil oxirgi haftasida qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar
2024-yilning oxirgi
haftasi O'zbekiston Respublikasida huquqiy sohada muhim o’zgarishlar davri
bo'ldi. Bu davrda davlat boshqaruvi va qonunchilikni takomillashtirishga
qaratilgan qator yangi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu
hujjatlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish va
aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasining 2 ta yangi qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonunlar mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy sohalarida amalga
oshirilayotgan islohotlarni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va
erkinliklarini himoya qilish hamda davlat boshqaruvi tizimini yanada
takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Vazirlar
Mahkamasining 4 ta qarori qabul qilindi. Ushbu qarorlar davlat boshqaruvi
tizimining turli sohalariga taalluqli bo‘lib, ularning ijrosi
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni samarali hal etish, davlat xizmatlari sifatini
oshirish va hududiy rivojlanishni ta’minlashni nazarda tutadi.
Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar O'zbekiston Respublikasining barqaror
rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan yangi bosqichni belgilab beradi. Yangi
hujjatlarning amalda tatbiq etilishi mamlakatni modernizatsiya qilish
jarayonlarini jadallashtirishga, aholining turmush darajasini oshirishga hamda
davlat boshqaruvining samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Qabul qilingan barcha hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va mazmuni bilan
batafsil tanishish uchun quyidagi havolani tavsiya etamiz: https://taqu.uz/file/huquqiy_axborot_sifatida_tarqatilishi_kozda_tutilgan.pdf
Mazkur hujjatlar va ularning ijrosi yuzasidan batafsil axborotlar
muntazam ravishda taqdim etib boriladi. Ushbu huquqiy yangiliklar jamiyatimiz
va davlatimiz taraqqiyotining muhim poydevorini tashkil etadi.