O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida arxitektura-qurilish sohalarida hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Germaniyada o‘tkazilayotgan Birinchi O‘zbekiston–Germaniya rektorlar forumi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Bahrom  Tulaganov va Karlsruhe shahrida joylashgan Mondus Consult kompaniyasi direktori Dr. Frank Gericke o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni quyidagi yo‘nalishlarda kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

  • O‘qituvchi va talabalarning o‘zaro almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish
  • Ilmiy va amaliy stajirovkalarni tashkil etish
  • Dolzarb mavzular bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish
  • Dual ta’lim asosida talabalar uchun yozgi amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi nafaqat oliy ta’lim sohasidagi, balki shaharsozlik, yo‘l va transport muhandisligi, atrof-muhit muhofazasi kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.